QORALAMA. Yurist ko'rib chiqmaguncha yakuniy hujjat emas.
Maxfiylik siyosati
Oxirgi o'zgarish: 2026-yil 22-noyabr
Operator: [operator nomi / YaTT F.I.Sh.], [manzil], aloqa: [telefon yoki Telegram].
Qanday ma'lumot yig'amiz
- Sayt orqali ro'yxatdan o'tganda: telefon raqami, ism (ixtiyoriy), parolning tiklanmaydigan xesh ko'rinishi (parolning o'zi saqlanmaydi).
- Telegram orqali kirganda: Telegram ID, ism, username, til (Telegram bergan ma'lumot).
- Foydalanish natijalari: qaysi savolga qanday javob berganingiz, urinishlar vaqti.
- Kirish holatini saqlash uchun bitta texnik cookie (sessiya). Reklama yoki kuzatuv cookie'lari ishlatilmaydi.
Nima uchun
Hisobingizni ochish va kirish, test natijalari, xatolar va progressni ko'rsatish, xizmatni yaxshilash uchun umumlashtirilgan statistika.
Qayerda va qancha saqlanadi
Ma'lumotlar O'zbekiston hududidagi serverda saqlanadi ("Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonun, ZRU-547). Hisobingiz faol bo'lgan davrda saqlanadi; hisob o'chirilganda u bilan bog'liq ma'lumotlar o'chiriladi.
Kimga beriladi
Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Sizning huquqlaringiz
Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatishni so'rash, rozilikni qaytarib olish va hisobni o'chirish. Hisobni o'zingiz Hisob sahifasida o'chirishingiz mumkin.